Islom Maxachev: "Xabib Oq Uydagi UFC turnirida jang qilishimni istamaydi"
Rossiyalik MMA ustasi Islom Maxachev Oq Uydagi UFC turnirida jang qilishga tayyorligini tasdiqladi.
"Oq Uydagi turnir promoushen tarixidagi eng katta va eng yirigi bo'lsa kerak. Ochig'i, unda jang qilishni xohlar edim. Biroq Xabib va jamoam bu fikrimni unchalik ma'qullamaydi, deb o'ylayman. Yana bilmadim. Ko'ramiz, Nurmagomedov bilan o'tirib, bu mavzuda gaplashib olishimiz zarur. UFC ham ishtirokimdan manfaatdor. Shuningdek, sana ham menga to'g'ri keladi, aynan Ramazondan keyin", - dedi Maxachev "Match TV" telekanaliga bergan intervyusida.
Ma'lumot uchun, Oq Uydagi UFC turniri hozircha rasmiy e'lon qilinmagan, biroq 14 iyunda o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Fikrlar