Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Ispan grandlari Manchesterdagi yulduzni tekiniga olmoqchi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Yaxshi variant chiqdi

Argentinalik markaziy himoyachi Lisandro Martines mavsum yakunlangach «Manchester Yunayted» klubini tark etishi mumkin. Bu haqida ijtimoiy tarmoqlarda insayder Ekrem Konur xabar tarqatdi.

Jurnalist ma'lumotiga ko‘ra, futbolchiga Ispaniyaning La Liga chempionatida ishtirok etuvchi ikki yetakchi jamoa jiddiy qiziqish bildirmoqda. Argentinala «Barselona» va «Atletiko» da'vogarlik sifatida ko‘rilmoqda.

 Martines erkin agent sifatida ketishi ehtimoli katta, chunki «Manchester Yunayted» uning shartnomasini uzaytirish imkoniyatidan foydalanmasligi kutilmoqda.

28 yoshli himoyachi «Manchester Yunayted» safida 2022 yil yozidan buyon to‘p surmoqda. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 45 million yevro atrofida baholangan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q