Ispaniya kubogi. "Real Madrid" Mbappening sa’y-harakatlari evaziga ishonchli tarzda g‘alabaga erishdi
Ispaniya kubogining 1/16 final bosqichida Xabi Alonso boshqaruvidagi "Real Madrid" safarda "Talavera" bilan kuch sinashib, 3:2 hisobida zafar quchdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Dastlab, uchrashuvning 42-daqiqasida Kilian Mbappe 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. Oradan 3 daqiqa o‘tib, Mbappening uzatmasini Manuel o‘z darvozasiga to‘g‘rilab yuborib, avtogol muallifiga aylandi. Ikkinchi bo‘limning 80-daqiqasida Mazorra "qirollik klubi"ning darvozasiga yo‘l topa oldi va hisobni qisqartirdi. Lekin Kilian Mbappe oradan 8 daqiqa o‘tib farqni yana 2 taga etkazib, dublni rasmiylashtirdi. Shundan so‘ng Gonsalo Di Rentso qo‘shib berilgan daqiqalarning birinchisi o‘tib borayotganda yana Lunin darvozasini ishg‘ol qildi.
- Angliya - Karabao Kubogi
- Quarterfinals
Manchester Siti
- Rayan Cherki 32'
- Savinho 67'
18.12.2025 00:30
Fikrlar