Ispaniya La Ligasi. "Real" o‘z uyida yana bir g‘alabani qo‘lga kiritdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

La Liga 4-turidan o‘rin olgan "Real" - "Betis" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda mezbonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi. 

"Qirollik klubi" tarkibida  Vinisius va Rodrigo o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Mehmonlarning yagona goliga Kanales mualliflik qildi. 

Shu tariqa, "qaymoqranglilar" 4 turdan so‘ng maksimal 12 ochko ishlashga muvaffaq bo‘ldi. Jamo ayni payt peshqadamlik qilib turibdi. 

"Betis" hisobida 9 ochko mavjud bo‘lib, klub 2-pog‘onani band etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!