Asosiy mazmunga oʻtish

Ispaniya terma jamoasi Argentina o‘rniga Yevropa jamoasi bilan o‘ynaydi

Улуғбек Хошимов
Izohlar: 0

Ispaniya hamda Serbiya milliy terma jamoalari oʻrtasidagi oʻrtoqlik uchrashuvi 27 mart sanasida Vilyarrealdagi stadionda boʻlib oʻtadi.

Ispaniya milliy terma jamoasi oʻziga yangi raqib topdi.

Mart oyi oxirida boʻlib oʻtishi kerak boʻlgan Finalissima bekor qilingach, Ispaniya terma jamoasi boshqa raqib topishga majbur boʻldi. Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi matbuot xizmati bergan maʼlumotlarga koʻra, "qizil furiya" Serbiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv mart oyining oxirida oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda. Yevropa hamda Janubiy Amerika chempionlari oʻrtasidagi Finalissima uchrashuvi yaqin sharqda yuzaga kelgan voqealar sababli bekor qilingan edi. Ispaniya hamda Serbiya milliy terma jamoalari oʻrtasidagi oʻrtoqlik uchrashuvi 27 mart sanasida Vilyarrealdagi stadionda boʻlib oʻtadi. 

Maʼlum boʻlishicha, ispanlar avvaliga Misr terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazishi rejalashtirilgan edi. Biroq bu bahs tashkil etilmadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q