
Ispaniya terma jamoasi sobiq murabbiyi Xavini keskin tanqid qildi
Ispaniya terma jamoasi sobiq murabbiyi Xaver Klemente Xavining "Barselona"dagi murabbiylik faoliyati haqida fikr bildirdi.
"Xavining murabbiylik faoliyatni endi boshlanyapti. U futbolchilaridan xuddi o‘zidek o‘ynashni talab qilmoqda, biroq yaxshi mutaxassislar bunday qilmaydi. Xavi qo‘l ostida bor futbolchilar bilan o‘ynashi lozim.
U "Barsa"ga "Al-Sadd"dan keldi. Bu xuddi "Real"ni boshqarasiz, lekin doim Segunda jamoalariga qarshi o‘ynashizdek gap", - dedi Klemente.
Fikrlar