Ispaniyalik jurnalist: Arshavinda "Barselona"da to‘p surish imkoniyati bor edi

  • 4 iyul, 2020, 02:32
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning EFE nashri jurnalisti Xose Ignasio Ortuga Vasalo "Arsenal" va Rossiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Andrey Arshavin haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Arshavin - katta iqtidor egasi. U rus futboli tarixida Aleksandr Mostovoydan so‘ng eng yaxshi futbolchi bo‘ldi.

Andrey "Barselona"da ham muammosiz to‘p surishi mumkin edi. Balki bir taym, balki yarim, ammo u "Barselona" uchun foydali transfer bo‘lardi.

Angliya safari Arshavin uchun xato qaror bo‘ldi. Nima uchun u "Arsenal"ga bordi? Yana uning o‘zi bir necha marta "Barselona"ni yoqtirishini ta’kidlab o‘tgandi.

Esimda, 2008-yilgi Evropa chempionati chorak finalida Rossiya Niderlandiya bilan o‘ynadi. O‘shanda ispaniyalik mashhur sharhlovchi Xulio Maldonda Arshavinni Maradonaga qiyoslagan edi, chunki o‘sha vaqtda u eng yaxshi futbolchilardan biri edi", - deydi Xose Vasalo.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!