Asosiy mazmunga oʻtish

Istomin Tailanddagi turnir saralashida kortga chiqdi

Javokhir Azimov
Izohlar: 0

Vakilimiz saralash bosqichida o‘yin o‘tkazdi.

Tailandning Nontxaburi shahrida tennis bo‘yicha "Chellenjer" turkumiga kiruvchi turnir start oldi.

E’tiborlisi, unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Denis Istomin ham qatnashdi. Vakilimiz yakkalik bahslarining saralash bosqichidagi ilk bellashuvda avstraliyalik Deyn Kelliga qarshi kortga chiqdi.

O‘yin raqibning 6:3, 6:0 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga etdi. Shu tariqa Istomin yana bir musobaqani mudddatidan erta tark etdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q