Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Italiya kubogi. "Latsio" "Milan"ni minimal hisobda engib, ichki chempionatdagi alamini oldi

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

To‘qnashuv o‘z nihoyasiga etdi

Italiya kubogining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan navbatdagi bellashuv o‘z nihoyasiga etdi. 
 
Massimiliano Allegri boshqaruvidagi "Milan" safarda "Latsio" bilan kuch sinashib, minimal 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. 

To‘qnashuvdagi yagona va hal qiluvchi gol 80-daqiqada Mattia Zakkani tomonidan kiritildi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, rimliklar kelasi bosqichda "Bolonya" bilan bahs olib boradi. 
 
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval Italiya A Seriyasi doirasida ushbu ikki klub to‘qnash kelgan edi, o‘sha bahsda milanliklar 1:0 hisobida zafar quchgandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q