Italiya Superkubogi. "Bolonya" penaltilar seriyasida "Inter"ni mag‘lub etib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

  • 20.12.2025 02:13
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Italiya Superkubogining yarim finalidan o‘rin olgan yana bir bahs o‘z nihoyasiga etdi. Saudiyada o‘tkazilgan uchrashuvda "Bolonya" klubi Milanning "Inter" jamoasini penaltilar seriyasida mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi. 
 
Bellashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobi bilan yakunlandi. To‘qnashuvning 2-daqiqasidayoq Markyus Tyuram hisobni ochgan edi, 35-daqiqada esa Rikkardo Orsolini 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalandi va farqni yo‘qqa chiqazdi. Penaltilar seriyasida esa 3:2 hisobi qayd etildi. 
 
Eslatib o‘tamiz, "Bolonya"ning finaldagi raqibi - "Napoli"!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!