Italiya terma jamoasi hujumchisi uchun APL grandlari kurash boshladi

  • 15.04.2021 11:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Italiyalik to‘purar Andrea Belotti faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Tuttosport nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaning yozishicha, 27 yoshli “Torino” futbolchisi “Tottenxem” va “Manchester Yunayted”ning qiziqishlar doirasiga kirgan. Bundan avvalroq, “Chelsi” ham Belottini o‘z safiga qo‘shib olish niyatida ekani ma’lum bo‘lgan edi.

Belotti joriy mavsum “Torino” safida A Seriyada 27 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 12 ta gol yozdirib qo‘ydi. Uning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar imzolangan.

“Torino” 30 turdan so‘ng, A Seriya musobaqa jadvalida 17-o‘rinda bormoqda. Ular navbatdagi uchrashuvini 18 aprel kuni “Roma”ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!