Italiya terma jamoasi murabbiylar shtabiga "Roma" afsonasi qo‘shildi (FOTO)
"Roma"ning afsonaviy futbolchilaridan biri Daniele De Rossi murabbiylik faoliyatini boshladi. Aniqrog‘i, u bundan buyon Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchinining murabbiylar shtabida faoliyat yuritadi. Bu haqda Italiya futbol federatsiyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.
“Terma jamoada yangi lavozimda ish boshlaganimdan xursandman, prezident Gravina hamda murabbiy Manchiniga ishonch va imkoniyat uchun minnatdorchilik bildiraman. Ko‘plab sobiq jamoadoshlarim va murabbiylarimni yana ko‘rganimdan xursand bo‘lardim va buni sabrsizlik bilan kutyapman”, - dedi De Rossi.
37 yoshli De Rossi bilan "Evro-2020" oxirigacha shartnoma imzolangan.
Fikrlar