Italiya terma jamoasi sobiq futbolchisi faoliyatini Braziliyada davom ettirishi mumkin

  • 02.09.2019 10:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Turinning “Yuventus” klubi sobiq yarim himoyachisi Klaudio Markizio “Flamengo”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

La Gazzetta dello Sport tarqatgan xabarga ko‘ra Braziliya klubi 33 yoshli italiyalik futbolchini yaqindagina Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubiga ko‘chib o‘tgan futbolchisi Gustavo Kuelyara o‘rniga munosib ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Markizio ayni damda erkin agent hisoblanadi. Uning so‘nggi jamoasi Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!