Italiyada “yangi Messi” chiqibdi. Unga “Chelsi” hozirdan xaridor

  • 9 noyabr, 2021, 10:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” skautlari A Seriya vakili “Udineze”ning hujumkor futbolchisi Simone Pafundi xatti-harakatlarini sinchkovlik bilan o‘rganib bormoqda.

Tecno

Mahalliy matbuot 15 yoshli futbolchini “yangi Messi”, deb bong urmoqda. Pafundi xuddi Messi singari katta tezlik, ajoyib texnika, etuk futbol intellekti va kichikroq bo‘y-bastga ega.

Simone Pafundi yoshi etmagani bois, klub bilan professional shartnomaga ega emas. U boshqa klubning yoshlar jamoasiga hech qanday to‘siqsiz o‘tishi mumkin.

Yoshlar o‘rtasidagi musobaqalarda yorqin o‘yin namoyish qilayotgan Pafundining iqtidorini  “Chelsi” mutasaddilari yuqori baholamoqda. Ular tez orada futbolchining vakillari bilan muzokaraga kirishadi. Londonliklar futbolchini tarbiyalagan “Udineze”ga  ikki million evro miqdorida badal puli to‘lashga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!