Italiyaning 115 yillik jamoasi Shomurodovni so‘rayapti!

  • 13 iyul, 2023, 19:37
  • 2
  • Futbol

Yozgi transferlar oynasi tobora qizg‘in pallaga kiribor bormoqda. Ayniqsa, kuchli beshlik chempionatlari yangi mavsum oldidan bor e’tiborini tarkibini tartibga solib olishga qaratmoqda.

Klublar, murabbiylar, sport direktorlari o‘zlariga mos o‘yinchilarni, bir jamoada ishlari yurishmay qolgan futbolchilar o‘zlariga ishonch bildiradigan yangi jamoalarni qidirmoqda.

Hozircha, kuchli beshlik ligalaridagi yagona vakilimiz – Eldor Shomurodovning har transfer oynasi ochilgan paytda o‘ziga yangi ish joyi qidirishi odatga aylanib bormoqda.

250821-shomu

28 yoshli futbolchimiz “Spetsiya”ni quyi ligaga kuzatib qo‘yganidan keyin “Roma”ga qaytdi. Joze Mourino ijara muddatida atigi bitta gol urgan hujumchini asosiy tarkibga kiritmasligi oydek ravshan.

Sport direktori Tyagu Pinto bir necha hujumkor futbolchidan qutilganidan keyin endi Shomurodov transferi bilan shug‘ullanmoqda.

Nufuzli manbalardan biri – Gazzetta dello Sport nashrining ma’lum qilishicha, o‘zbek futbolchisini A Seriya vakili “Lechche” o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

 “Lechche”ning hujumchi masalasida muammosi bor. Bu jamoa safida o‘tgan mavsum atigi uchta forvard to‘p tepdi. Chempionatni 16-pog‘onada yakunlagan lechcheliklar eng kam gol urgan jamoalardan biri sifatida qayd etildi.

“Milan”dan ijaraga olingan va 33 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini besh marta aniq nshonga olgan Lorentso Kolombo yana ortga qaytdi. Hozircha, “Lechche” tarkibida ikki forvard – o‘tgan mavsumda oltita gol urgan gambiyalik Assan Sisse va hali nomini tabloga yozdirishga ulgurmagan 20 yoshli Yuel Volkerling qoldi.

Bosh murabbiy Roberto D’Aversa klub rahbariyatidan markaziy hujumchi so‘ragan. Mutasaddilar Eldor Shomurodov variantini o‘rgana boshladi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisiga bungacha uchta taklif bor edi. Xususan, Gretsiyaning PAOK va Rossiyaning “Spartak” jamoalari chorlovi Eldor Shomurodovni qiziqtirmaydi.

Turkiya chempioni “Galatasaroy” kelasi mavsum unvonini munosib himoya qilish va Chempionlar ligasida yaxshi natija ko‘rsatish uchun katta transferlarni amalga oshirmoqda. Ular Shomurodov bo‘yicha ham rimliklar bilan muzokara boshlab qo‘ygan.

Katta ehtimol bilan Shomurodov bu gal ham A Seriyada qolish variantini tanlaydi va xaridorlarga javob berishga shoshilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov 2020 yilning oktyabridan Italiya chempionatida faoliyati yuritmoqda. Hozirgi kungacha, uchta jamoa – “Jenoa”, “Roma” va “Spetsiya” sharafini himoya qildi.

2-1680513926-redactor2000-post-material

Legionerimiz A Seriyada jami 80 ta uchrashuvda 12 ta gol va oltita assist qayd etgan. Italiya kubogida ikkita bahsda bittadan gol va golli pas muallifi bo‘ldi. Shuningdek, Evropa ligasi va Konferentsiyalar ligasida ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Mavlonov Husan
13/07/2023 05:53
Леччеми борсин, майли бунча италия уни апелсинни еган кетолмасмикан, ёки жонкачаси ўша ердами, яна сарсонгарчилик давом этмасинда, галатасарой Яхши вариантмиди
Шухрат Хусаинов
12/07/2023 23:21
Я́на уша неза́менимый шомуродов