Jahon chempionati. Asadbek Samandarov oltin medalni qo‘lga kiritdi!

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Toshkent shahri mezbonlik qilayotgan yoshlar oʻrtasida taekvondo WT boʻyicha Jahon chempionatining soʻnggi 6-kunida Oʻzbekiston terma jamoasi 6-medalni qoʻlga kiritdi. 

 -51 kg vazn toifasidagi vakilimiz Asadbek Samandarov ishonchli chiqishlari bilan musobaqaning final bosqichigacha yetib bordi. Hal qiluvchi bahsda Asadbek tunislik taekvondoçi Malek Mokrani magʻlub etdi va dunyo birinchiligida Oʻzbekiston hisobiga oltin medal olib keldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!