Asosiy mazmunga oʻtish

Jahon chempionati: O'zbek bokschisining raqibi bir raundga ham dosh bermadi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Zarbalar o‘ta kuchli bo‘ldi

O‘zbekistonlik yosh bokschi Asadbek Sultonboev Chernogoriyaning Budva shahrida o‘tayotgan 19 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi boks bo‘yicha jahon chempionatining 1/8 final bosqichida litvalik raqibi Daumantas Vilkas ustidan muddatidan avval g‘alaba qozondi.  

90 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasidagi jang birinchi raunddaeқ yakunlandi. Haqam bellashuvni to‘xtatib, Asadbek Sultonboevga RSC qoidasiga muvofiq g‘alaba berdi. Shu tariqa, o‘zbekistonlik bokschi texnik nokaut hisobiga zafar quchib, jahon chempionatining chorak finaliga yo‘l oldi.

World Boxing hamjamiyati himoyasi ostida o‘tayotgan jahon chempionati 16–27 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Musobaqada 69 ta milliy federatsiya vakillari ishtirok etmoqda. Ular jami 20 ta vazn toifasida — o‘nta erkaklar va o‘nta ayollar yo‘nalishida medallar uchun kurash olib bormoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q