Jahon chempionati translyatsiya huquqi bo‘yicha ziddiyat kuchayib ketdi

  • 07.02.2026 15:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

2026 yildgi jahon chempionati translyatsiya huquqi uchun keskin raqobat boshlandi. Frantsiya Professional futbol ligasi (LFP) platformasi AQSh, Meksika va Kanada maydonlarida bo‘ladigan navbatdagi jahon chempionati translyatsiya huquqini sotib olish bo‘yicha FIFA bilan kelishuvga erishgan edi.

Hammasi hal bo‘lgandek ko‘ringan bir paytda, Frantsiyadagi Qatar telekanali – beIN Sports futbol o‘yinlari translyatsiyasi uchun ko‘proq mablag‘ taklif qilish va hatto 2030 yildgi jahon chempionatining translyatsiyasini sotib olishga ham da’vogarlik qilmoqda va bu xatti-harakatlari orqali FIFAning amaldagi kelishuvini buzishga urinmoqda.

​Ekspertlarning ta’kidlashicha, FIFA o‘zini qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Vaholanki, o‘tgan haftada AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatining 104 ta o‘yini namoyish etish huquqi yakuniy hal qilingandek edi. Oylar davomida hech qanday taklif bo‘lmagach, FIFA boshi berk ko‘chadan chiqish uchun LFPning Ligue 1+  platformasi bilan butun musobaqani translyatsiya qilish bo‘yicha muzokara o‘tkazdi va kelishuvga erishdi. Ligue 1+  platformasi 104 ta uchrashuvdan 54 tasini M6 kanali bilan birgalikda namoyish etaligan bo‘ldi.

Kelishuv summasi deyarli 20 million evroni (17 mln evro huquqlar uchun + 2,5 mln evro ishlab chiqarish xarajatlari) tashkil etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!