Jahon chempionati U-20. Bugun finalchilar nomi aniq bo‘ladi!

  • 8 iyun, 2023, 17:11
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida jahon chempionatining yarim final uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Dastlabki bahs bizni mag‘lub etgan Isroil hamda Janubiy Amerikaning Urugvay yoshlari o‘rtasida kechadi. Uchrashuv starti Toshkent vaqti bilan 22:30 ga belgilangan.

Tecno

Ikkinchi bellashuv 02:00 da boshlanadi. Unda final uchun Italiya va Janubiy Koreya termalari kurash olib boradi.

Ikkala o‘yin ham "UzReport TV" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!