Jahon chempionatida dastlabki oltin medalni qo‘lga kiritdik
Toshkentdagi “Universal” sport saroyida o‘tkazilayotan taekvondo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatining bugungi kuni terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Biroz avval hamyurtimiz Zafarbek Karimov -41 kilogramm vazn toifasida final jangini o‘tkazdi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Eronlik Amirhusayn Noruziga qarshi bahs olib borgan vakilimiz murosasiz bellashuv yakunida o‘z ustunligini namoyish eta oldi va jahon chempionatining oltin medalini qo‘lga kiritdi. Bellashuv 31:11 hisobida yakunlandi.
Bu terma jamoamizning mazkur musobaqada qo‘lga kiritgan ikkinchi medalidir. Kechagi bellashuvlar mobaynida Muhammadamin Aliev (-33 kg) bronza medaliga sazovor bo‘lgan edi. Ertaga bahslarga kirishadigan sportchilarimizga ham omad va safarlar tilab qolamiz.

Fikrlar