Jahon chempionatida Eron o‘rnini qaysi terma jamoa egalaydi?
Jahon hamjamiyati yuzaga kelgan siyosiy vaziyat tufayli Eron milliy terma jamoasi AQSh, Kanada va Meksika birgalikda mezbonlik qiladigan 2026 yildgi mundialda ishtirok etmasligi mumkin.
Shu holatda Eron o‘rnini Osiyo futbol konfederatsiyasiga kiruvchi boshqa terma jamoa egallashi ehtimoli oshmoqda. Bu haqida ESPN xabar bermoqda.
Eng ehtimoliy o‘rinbosar sifatida Iroq terma jamoasi ko‘rilmoqda. 31 mart kuni Iroq jamoasi qit’alararo pley-off finalida Boliviya – Surinam juftligi g‘olibi bilan o‘ynaydi. Agar Iroq ushbu uchrashuvda mag‘lub bo‘lsa, aynan u Eron o‘rniga jahon chempionatiga yo‘llanma olishi mumkin.
Agar Iroq terma jamoasi g‘alaba qozonib, pley-off orqali turnirga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l olsa, keyingi da’vog‘ar Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi bo‘ladi. BAA terma jamoasi avval Osiyo saralash bosqichi finalida Iroqka mag‘lub bo‘lgan va OFK jamoalari orasida navbatdagi nomzod hisoblanadi.
Fikrlar