Asosiy mazmunga oʻtish

Yakkakurashlar

Jahon kubogining ikkinchi kunida 16 ta medal qo‘lga kiritdik!

Javohir Malikov
Izohlar: 0

Dushanbe shahrida sambo bo‘yicha Jahon kubogining ikkinchi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tdi

Dushanbe shahrida sambo bo‘yicha Jahon kubogining ikkinchi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Kun O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli kechdi. Terma jamoamiz kun davomida 4 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Oltin:
-58 kg: Lutfulla Saydamatov (jangovar sambo)
-64 kg: Bahodir Bakiev (jangovar sambo)
+98 kg: Islom Nosirov (jangovar sambo)
-72 kg: Shinar Ibraeva 

Kumush:
-58 kg: O‘tkir G‘ulomaliev (jangovar sambo)

Bronza:
-59 kg: Mohinur Qudratova
+80 kg: Feruza Xo‘rozova
-79 kg: Musoxon Ziyadinov (jangovar sambo)
-98 kg: Amir Qudratullaev (jangovar sambo)

Musobaqaning birinchi kunida sambochilarimiz 5 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritishgandi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi Tojikistondagi Jahon kubogini 4 ta oltin, 6 ta kumush va 6 ta bronza medali bilan yakunladi. Musobaqada jangovar sambo bahslarida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladik. Bu haqida O‘zbekiston sambo assotsiatsiya xabar bermoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q