Jaloliddin Masharipovga Rossiyadan takliflar bor

  • 21.05.2019 16:22
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 13
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Paxtakor» klubida bugungi kunda yaqqol ajralib turgan futbolchi Jaloliddin Masharipov ekanligini hamma yaxshi biladi. O‘zbekiston milliy terma jamoasida Ektor Kuperning ham ishonchini qozongan hujumkor yarim himoyachi «Paxtakor»da Shota Arveladzening ham muhim o‘yinchisiga aylangan. Ta’bir joiz bo‘lsa, Masharipovni «Paxtakor»ning yuragi desak ham bo‘ladi. Uning o‘yinlari noodatiy bo‘lib, maydonga tushganda muxlislarga yoqadigan hatti-harakatlari bilan ham ajralib turadi. Umuman olganda, Jaloliddin oxirgi bir-ikki yilda katta o‘sishga erishdi. Osiyo Kubogidan keyin uning legionerga aylanishi ham kutilayotgandi. Biroq futbolchi «Paxtakor»da qolishga qaror qildi. Lekin ko‘rinib turibdiki, Masharipovning xorijga ketish vaqti etib keldi va buni uning o‘zi ham yaxshi tushunib turibdi. Osiyo Chempionlar ligasi doirasida «Al Ahli»ga qarshi uchrashuvdan avval futbolchi bilan suhbatda bo‘ldik.

- Oxirgi paytlarda Jaloliddin Masharipov doimiy e’tiborda bo‘lib turibdi. Chunki o‘yin saviyangiz bir muncha oshganligi ko‘rinib turibdi. Buning siri nimada? Tinimsiz mehnatmi yoki murabbiylarning roli kattami?

- Hammasi mehnatdan deb o‘ylayman. Baribir biror-bir nimaga mehnatsiz erishib bo‘lmaydi. Mashg‘ulotlarda o‘z ustingizda ishlab mehnat qilmasangiz, o‘yinda o‘ylagan narsalaringiz amalga oshmaydi. Men esa mashg‘ulotlarda qattiq ishlayman va o‘yinga chiqqanda ko‘pincha o‘ylagan o‘yinimni ko‘rsata olaman. Shu bilan birga menga murabbiy tomonidan bildirilayotgan katta ishonch ham qo‘l kelmoqda.

- Lekin siz futbolni zavq olish uchun o‘ynaysiz. Aksariyat o‘yinchilar esa faqat natija uchun bosim ostida o‘ynayotgandek tuyulishadi. Sizning o‘yiningizda esa erkinlik katta va xuddi futboldan rohat olib o‘ynayotgandek ko‘rinasiz…

- Albatta, jamoangizning g‘alabasi doim birinchi o‘rinda turadi. Ammo men o‘sha g‘alabaga qo‘shimcha ravishda chiroyli futbol ko‘rsatishni yoqtiraman. Ayniqsa, stadionga yig‘ilgan muxlislarga yoqadigan o‘yin namoyish etishni xohlayman. To‘g‘ri, o‘yin davomida ishqibozlar e’tiroz bildirishadi va haqorat qilishadi. Ammo tan olaylik, ularga ham chiroyli hatti-harakatlar va o‘yinlar baribir yoqadi. Ular o‘yinni ko‘rib, uyga borganidan keyin baribir o‘sha futbolchi chiroyli o‘ynadi deb gapirishadi. Shuning uchun men har qanday holatda ham ishqibozlarga yoqadigan o‘yin ko‘rsatishni yoqtiraman. Bu narsa mening yoshligimdan bor. Bolalik paytimdayoq katta bo‘lib futbolchi bo‘lsam, hammaga yoqadigan chiroyli o‘yin ko‘rsatadigan, evropalik futbolchilarga o‘xshab o‘ynayman deb niyat qilib yurardim. O‘sha niyatimni amalga oshirish uchun men har doim o‘z ustimda ishlayman va mashg‘ulotlarda ham bunga alohida e’tibor qaratib kelaman. Agarda mashg‘ulotlarda o‘ylagan fintlarim amalga oshsa, buni albatta o‘yin paytida ham amalga oshiraman.

- Lekin milliy terma jamoada sizning bunday chiroyli o‘ynab fint qilishingizni Ektor Kuper tanqid qilgandi. Bu borada Shota Arveladze nima deyapti?

- Yo‘q Kuper ham tanqid qilmagan. Faqat o‘yin paytida oyog‘ingni ehtiyot qilgin degan. Agar sen shunday qilib, chiroyli o‘ynab raqibni aldab o‘tadigan bo‘lsang, ba’zilari jaxl qilib oyog‘ingga tepishi va buning oqibatida oyog‘ing sinishi mumkin deya ehtiyot bo‘lib o‘ynashimni ta’kidlagan. Shota Arveladze ham ehtiyot bo‘lgin, senga biror korhol bo‘lmasin, sen bizga keraksan deydi. Qolaversa, Shota Yustinovich imkon qadar raqib o‘yinchilarini o‘zingga yaqinlashtirmagin, ular oyog‘ingga tepish uchun harakat qilishadi deb aytadi.

- To‘g‘risi, mavsum boshida sizning «Paxtakor»ni tark etib, chetga ketishingizni kutgandik. Ammo yana «sherlar» safida qolishga qaror qildingiz. Buning boisi nimada?

- Menda yaxshi takliflar bor, yo‘q emas. Lekin mening niyatim faqat Evropaga ketish. Vaholanki, oldimda Osiyoning hamma joyidan etarlicha takliflar bor. Ammo o‘zimni Osiyoda o‘ynagim kelmayapti. Xulo xohlasa, «Paxtakor» orqali Evropa chempionatlaridan biriga ketmoqchiman. Asta-sekin bu borada qiziqishlar bo‘lyapti. Milliy terma jamoada ham yaxshi o‘yinlar ko‘rsatishda davom etsam, baribir yangidan-yangi takliflar paydo bo‘laveradi deb o‘ylayman. Muxlislar ham internetda menga faqat Evropaga ketishing kerak, deb tinmasdan yozib turishadi. Shuning uchun O‘zbekiston muxlislarini ham xursand qilib, faoliyatimni Evropada davom ettirib, ularni mamnun qilmoqchiman. Evropaning yaxshi klublarida o‘ynay olishimga ko‘zim etadi.

- Demak, bu sizning «Paxtakor»dagi oxirgi mavsumingiz desak bo‘ladimi?

- Ha, Xudo xohlasa shunaqa desak ham bo‘ladi. O‘zimni chetda sinab ko‘rish uchun vaqt etib keldi. Lekin bu borada shoshib qaror chiqarish ham kerak emas. Nasib qilsa, o‘zim istagandek yaxshi jamoadan taklif bo‘lsa albatta ketaman.

- Ammo aksariyat futbolchilarimiz Osiyodan taklif bo‘lishi bilanoq u erlarga ketgisi keladi…

- Agar men ham Osiyo klublaridan birida o‘ynamoqchi bo‘lganimda Osiyo Kubogidan keyinoq ketgan bo‘lardim. Lekin men faqat Evropaga ketaman.

- Sir bo‘lmasa hozirda aynan qaysi klublardan takliflar bo‘lyapti?

- Rossiya klublaridan takliflar bor.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
21/05/2019 16:49
Кечаги уйини билан Россияга кетолмайди. Талант бор, лекин мехнат хам килиш керак. Кечаги уйинда Черан яккол ажралиб турди
&
Navbahor muhhlisi
23/05/2019 20:59
Jaloliddinda oziga ishonch katta maydonda bosimsiz harakat qiladi RPL da bemalol oz ornini topadi omad paxtakorda yizi qora bolib qolaveradi qancha zo'r o'ynamasin
Абдурахман Абдувалиев
23/05/2019 15:55
Барча махорат финтларини, хакамдан ялиниб пеналти сўраши ювиб кетади.Россия чемпионатида, йўқолиб кетиш эхтимоли катта.У ерда Пахтакор йўқ, хар бир ўйинда, хеч бўлмаса, битта пенальтини ўзига кафолат қилиб қўйилган.Омад тилаймиз қоламиз, хамюртимизга, халқаро майдонларда
&
Gaffarov Muzaffar
22/05/2019 15:14
Paxtakor tarkibida manga faqat shu bola bilam Alijonovni o'yini yoqadi. Cheramxam yomon emas. Jalol sani boshqa kamanda muxlislari rossa xurmat qiladi faqat bitta xarakterin yoqmaydi. Uka sandan iltimos erkakcha o'ymab penalti ishlash ichun ishlatadigan semulatsiyalaringni yo'qot. Shunda xurmating oshadi. Omad ishlaringa san tezroq ket Paxtakorsan bomasam sinasan.
&
AzizGazieff-Marco Simic 55 PFK Pakhtakor Tashkent Uzbekistan GoLions
21/05/2019 22:58
Узига булган ишонч ва юқори даражадаги жисмоний тайёргарлик булсагина Европада узоқ ушланиб қолишинг мумкин.
Мисол Одил Ахмедов,Витя Денисов,Ширшов,Акопянц,Шацких,Қосимовлар..
Агар тескариси булса жуда тез ортга қайтасан мисол:Рашидов,Абдухолиқов,Хамдамов....
Омадингни берсин Жалол.
Нима булса хам Пахтакорни унутма.
Сани бу даражага чиқарган Пахтакор ва биз мухлислар хам қаерда булма санга мухлислик қиламиз.
"Пахтакор" бу қон ва ген у бизнинг томиримизда ва юрагимизда!
Бу мавсум учун РАХМАТ!
Гурухдан чиқмаган булсак хам куплаб ажойиб онларни тақдим этдингиз!
Abdurasul Pirxonov
21/05/2019 18:44
Биз хам кутиб коламиз ???????? Рпл гасида уйнаса уша кулубни ва Жалолддини кулаб куватлаймиз Зенит Краснодар Спартак Локомотив ЦСКА Ростов утса бунданда яхши буларди
&
Mansurbek
21/05/2019 18:15
Мавсум тугагунча Италия Испания Англия Франсия Германиядан таклиф чиқиб қолар. Суммаси осиёликлар берадигон пулдан оз бўлса ҳам Еврўпага кетинг. Тажриба ошади Грант қлублар назарига тушасиз
&
Arthur Melo
21/05/2019 17:40
Ketaqosin birorta yaxshi klubga. O'zigayam bizgayam yaxshi bo'ladi
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
21/05/2019 17:13
Машарипов жамоани ўйини яхши бўлса униям ўйини очилади. бошқ пайт ҳеч нарса қила олмайди. мана кеча кўрдик
&
Xodja007
21/05/2019 17:06
Nma farqi borrrr. Enddiii
&
darwesh
21/05/2019 16:49
Кечаги уйини билан Россияга кетолмайди. Талант бор, лекин мехнат хам килиш керак. Кечаги уйинда Черан яккрл куриниб турди
&
Asadbek
21/05/2019 16:27
Paxtakorda nima bor teatr futbolda 1000marta chet elga ketganing yaxwi
Аваз Бегматов
21/05/2019 16:49
Тугри айтасиз,Москва хам секин-аста курилган,деган накл бор.Сиз хам Россия клубларида буса хам уйнаб тураверинг,агига,Европага бир калам.Омадизи берсин,биз мухлислар сизга омад тилаймиз хурматли Жалолиддин!!!