Jaloliddin Masharipovni Angliyaga olib ketishmoqchi
Xabaringiz bor, yaqindagina saytimiz jurnalisti Shuhratbek Jo‘raev "Paxtakor" sobiq murabbiyi Shota Arveladze bilan intervyu tashkil qildi. Ushbu suhbat davomida mutaxassis Jaloliddin Masharipovni yangi jamoasiga chaqirishga tayyor ekanligini aytdi.
- Agar Angliyada ishlasangiz qaysidir o‘zbek futbolchilarini taklif qilish rejangizda bormi? Masalan, Jaloliddin Masharipovni yangi klubingizda ko‘rmoqchimisiz?
- Angliyada ish boshlaydigan bo‘lsam, Jaloliddin Masharipovni jon deb boshqaruvimdagi jamoaga o‘ynash uchun olib kelgan bo‘lardim.
Ma’lumot uchun, Jaloliddin ayni damda "Al-Nassr" safida harakat qilmoqda. Avvalroq, legionerimizga "Bashekshexir" jamoasi ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikrlar