Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Jamoasini EChL finaliga olib chiqqan murabbiy klubdan ketishi mumkin

Jahongir Inomjonov
Izohlar: 0

Italiyalik mutaxassis Saudiyaga ketishga yaqin

Italiyaning nufuzli "Football-Italia.net" jurnalisti Lorenso Bettoni internet nashri uchun maxsus ravishda Simone Indzagining "Inter" klubidan ketishi mumkinligi haqidagi tafsilotlarni ma’lum qildi.

"Klub u bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi, biroq menimcha, u allaqachon ketishga qaror qilgan. U yaqin kunlarda rahbariyat bilan uchrashib, kelajakni muhokama qiladi, ammo shu bilan birga, uning "Al-Hilol"dan qabul qilishni istayotgan katta taklifi bor," - dedi Lorenso.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda "Inter" UEFA Chempionlar Ligasi finalida Frantsiyaning PSJ klubiga (0:5) hisobida yirik mag‘lubiyatga uchradi. Italiya chempionatida esa jamoa ikkinchi o‘rinni egalladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q