Jamoliddin Rahmatulalev: "Umuman olganda, biz turnirga tayyormiz"

  • 16 iyun, 2023, 14:33
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatulalev Osiyo kubogi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Barchaga Assalomu alaykum. Avvalambor turnir tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Jamoalar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Biz bu turnirni intizorlik bilan kutdik. Jamoa tomonidan musobaqaga uzoq tayyorgarlik ko‘rildi. Futbolchilar esa ertangi uchrashuvni intizorlik bilan kutishmoqda. Umuman olganda, biz turnirga tayyormiz.

Tayyorgarlik juda yaxshi o‘tdi deya olaman. Osiyo, Evropa va Janubiy Amerikaning eng kuchli jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazdik.

Barcha jamoalarni hurmat qilamiz, o‘ylashimcha, ularni etarlicha o‘rganishga harakat qildik. Yaponiya va Hindiston terma jamoalariga qarshi oldin o‘ynaganmiz va bir birimizni yaxshi bilamiz. Ushbu musobaqada barcha jamoalar o‘z oldiga aniq maqsadlar qo‘yishgan. Xususan, biz ham. Musobaqada zafar quchib, Jahon chempionatiga yo‘l olishni maqsad qilganmiz. Barcha jamoalarga omad tilayman", - dedi Rahmatulalev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!