Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Janjalkash yigit" o‘ziga okean ortidan klub topdi

Izohlar: 0

U Evropadan ketdi.

Italiyalik hujumchi Mario Balotelli Braziliya chempionatida to‘p surishi mumkin. Ayni damda futbolchining mutasaddilari "Vasko da Gama" klubi bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.

Balotelli olti oy oldin "Breshiya" klubi bilan shartnomasini bekor qilganidan so‘ng jamoasiz qolgan edi. U italyaliklar safida o‘tgan mavsumda 19 ta o‘yinda maydonga tushib, beshta gol muallifi bo‘lgan.

30 yoshli forvard faoliyatini davomida "Inter", "Manchester Siti", "Liverpul" va "Milan" klublarida to‘p surgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q