Asosiy mazmunga oʻtish

Janob Peres, “Real”ga “Arsenal” superyulduzini oling!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Zoʻr transfer boʻladi

Mavsumni sovrinsiz yakunlagan Madriddning “Real” klubida tarkibini kuchaytirishni ko‘zlamoqda va yarim himoya chizig‘iga mahoratli o‘yinchi olish masalasida izlanishlarni davom ettiryapti.

TEAMtalk xabariga ko‘ra, klubning yuqori lavozimli shaxslari prezident Florentino Peresga “Arsenal” yarim himoyachisi Deklan Raysni sotib olishni qat’iy tavsiya qilgan.

Angliyalik futbolchi maydon markazini kuchaytirish va hujumkorlikni oshirish uchun ideal variant, deb hisoblanmoqda.

Biroq katta muammo bor: “kanonirlar” o‘z yulduzini sotmoqchi emas va unga kamida 116 million evrodan ham ko‘proq narx so‘raydi. Uch yil avval Rays “Vest Xem”dan aynan shu summaga xarid qilingan edi.

Transfermarkt talqiniga ko‘ra, Deklan Raysning bozor qiymati 120 million evroni tashkil qiladi. 27 yoshli futbolchining “Arsenal” bilan shartnomasi 2028 yilning yarmigacha amal qiladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q