
Jarima zarbalaridan ikkita gol o‘tkazgan Kurtua ayb kimdaligini aytdi!
Evropa Chempionlar ligasi chorak final birinchi uchrashuvida “Arsenal” o‘z maydonida musobaqaning amaldagi g‘olibi “Real”ni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Dastlabki ikki gol Deklay Raysning jarima nuqtasidan yo‘llagan zarbalaridan keyin kiritildi.
Madridlik darvozaboni Tibo Kurtua bu vaziyatlarga izoh berdi.
- Men zarbani to‘sish uchun devordagi futbolchilarni to‘g‘ri joylashtirdim, deb o‘ylagandim. Odatda, ularga qo‘shimcha tarzda yana bir o‘yinchi qo‘yardim. Lekin men Rays to‘pni bunaqa darajada aylantirishini kutmagandim. “Devor”ga yana bir jamoadoshimni qo‘ysam bo‘larkan. Bu xato uchun javobgar o‘zimman.
“Arsenal”ning jarima zarbasidan kiritgan ikkinchi goli ham ajoyib chiqdi.
Aslida har ikki holatda ham keraksiz fol ishlatildi, chunki jarima maydonchamiz yaqinida hech qanday xavf yo‘q edi. Ana shu xatolarga yo‘l qo‘ymasak yaxshi bo‘lardi, - dedi Tibo Kurtua.
Endi bu ikki jamoa o‘rtasidagi javob uchrashuvi 16 aprel kuni “Real” maydoni “Santyago Bernabeu”da bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar