Asosiy mazmunga oʻtish

Jarohatdan qaytgan Messi haqiqiy chempion qanday bo‘lishini ko‘rsatib qo‘ydi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Messi hali ham ko‘p narsaga qodir

Jahon chempionati oldidan o‘tkazilgan so‘nggi nazorat uchrashuvida Argentina terma jamoasi Islandiyani yirik hisobda mag‘lub etdi – 3:0.

Uchrashuvda hisob ancha erta ochildi: 8-daqiqada Valentin Barko raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalaridan o‘rin olgan epizodda esa maydonga yaqinda jarohatdan qaytgan Lionel Messi tushirildi va u zahiradan maydonga chiqqanidan atigi ikki daqiqa o‘tib, penalti­ni aniq amalga oshirib, "albiseleste" ustunligini oshirdi.

Bellashuv nuqtasiga 86-daqiqada qo‘yildi – Tyago Almada yana bir gol urib, uchrashuvdagi yakuniy hisobni belgilab qo‘ydi.

Amaljagi jahon chempioni hisoblangan Argentina terma jamoasi bir haftadan so‘ng mundialda chempionlik unvonini himoya qilishga kirishadi. 

Guruh bosqichining ilk turida Lionel Skaloni shogirdlari Jazoir terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Shu guruhda, shuningdek, Avstriya va Iordaniya terma jamoalari ham ishtirok etadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q