Jasur Jaloliddinov Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yindan oldin nimalar dedi?

  • 26.10.2021 17:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, joriy yilning 27 oktyabridan 2 noyabriga qadar yurtimizda U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichi “D” guruhidan o‘rin olgan o‘yinlar bo‘lib o‘tadi.

Bugun “Paxtakor” stadioni anjumanlar zalida saralash bahslari oldidan jamoalar murabbiyi va futbolchilar ishtirokida rasmiy matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zosi Jasur Jaloliddinov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Ertaga bizni Saudiya Arabistoniga qarshi jiddiy bahs kutib turibdi. Biz ushbu jamoaga qarshi 3-marta o‘ynaymiz. G‘alaba qozonish uchun hamma narsa mavjud, ayniqsa, bizda hozir g‘alaba kayfiyati bor. Murabbiyimiz bizni bu musobaqaga tizimli tayyorlab kelmoqda, oldimizda turgan barcha uchrashuvlarda bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.

Futbol, albatta, muxlislar uchun. Biz o‘z uyimizda o‘ynaymiz, shu sabab muxlislarimiz bizni qo‘llab-quvvatlab turishlariga ishonamiz. Chunki biz ular bilan birga yanada kuchliroq bo‘lamiz", - dedi mahoratli futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu guruhda O‘zbekistondan tashqari Saudiya Arabistoni va Bangladesh terma jamoalari ham joy olgan. Ushbu bahslarga kirish bepul.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!