
Jasur Mirzamuhamedov vazn o‘lchash marosimida ishtirok etdi. Titanlar jangini ko‘ramiz (Video)
Ertaga24 fevral kuni Rossiyaning eng mashhur va nufuzli promoushenlaridan biri RCC o‘zining navbatdagi turnirini tashkil etadi. Tyumen shahrida bo‘lib o‘tadigan “RCC 18” jang kechasida o‘zbekistonlik og‘ir vazn toifasidagi MMA jangchisi Jasur Mirzamuhammedov ham oktagonga ko‘tariladi. U rossiyalik Ivan Romanovga qarshi bahs yuritadi. Bugun ushbu jang avvalida vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot uchun, Jasur Mirzamuhammedov 6-1 rekordga ega, Romanovning ko‘rsatkichi esa 7-2 ko‘rinish olgan.
Fikrlar