Jasur Yaxshiboev Polshada

O‘zbekistonlik yarim himoyachi Jasur Yaxshiboev faoliyatini Polshada davom ettiradi. Hamyurtimiz bugun "Legiya" jamoasida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Barchasi muvaffaqiyatli o‘tganidan so‘ng 23 yoshli futbolchi klub bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda. Ma’lumot uchun, "Legiya" Polshaning eng nomdor jamoalaridan biri bo‘lib, Polsha Ekstraklasasining amaldagi chempioni sanaladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Рустам Содиков
13/02/2021 10:16
Жасурга омад тилаймиз!