Asosiy mazmunga oʻtish

Shaxmat

Javohir Sindarov "Sinquefield Cup 2026"da kuchli uchlikdan joy oldi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

"Sinquefield Cup 2026" musobaqasi O'zbekiston vakili Javohir Sindarov uchun muvaffaqiyatli yakunlandi

Sent-Luisda o‘tgan nufuzli "Sinquefield Cup 2026" musobaqasi O‘zbekiston vakili Javohir Sindarov uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

Dunyoning eng kuchli shaxmatchilari bahs olib borgan turnirda Javohir Sindarov 9 tur davomida 5 ochko jamg‘arib, 3-o‘rinni egalladi.

O‘zbekistonlik grossmeyster Uesli So va Rameshbabu Praggnanandhaadan keyingi pog‘onani band etdi hamda musobaqaning bronza medali sohibiga aylandi.

Javohir Sindarovning turnirdagi natijasi — 5 ochko, 3-o‘rin va 42 500 AQSh dollari miqdoridagi mukofot.

Shu tariqa, vakilimiz nufuzli “Grand Chess Tour 2026”ning so‘nggi bosqichida ham o‘z nomini kuchli uchlikdan joy oldirishga muvaffaq bo‘ldi.

 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q