Javohir Ummataliev navbatdagi oltin medalni terma jamoamizga olib keldi

  • 16.05.2025 17:58
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

World Boxing tashkiloti kubogi bahslarida bugun hal qiluvchi janglar bo‘lib o‘tadi. Ushbu bosqichga 7 nafar bokschimiz etib keldi. 

Hozirgina -80 kg ringga ko‘tarilgan Javohir Ummataliev Italiya vakili Alfred Kommeyni ochkolar evaiga mag‘lub etib, oltin medalga ega chiqdi. Bu terma jamoamizning ushbu turnirdagi uchinchi oltin medali bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, oldinda bizni hamyurtimiz Xumorabonu Mamajonova va mezbon bokschi Julia Szeremeta qarama-qarshiligi kutmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!