JCh-2022. Dide Desham: "Avstraliya bor kuchini 1-taymda sarflab yuborgan ekan"

  • 23.11.2022 09:56
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Jahon chempionati 1-turidan o‘rin olgan Avstraliyaga qarshi 4:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yuborganimizga qaramay, barchasini o‘nglay oldik. Ikkinchi taymda ko‘proq to‘p kiritishimiz ham mumkin edi. Avstraliya bor kuchini dastlabki 45 daqiqalikda safrlab yuborgan ekan.

Lyuka tibbiy tekshiruvdan o‘tishi lozim. Menimcha, uning jarohati jiddiy. Biz shifokorlar xulosasini kutyapmiz, ammo shunisi aniqki, bu g‘alabali oqshomimizdagi katta qora nuqta bo‘ldi",-dedi 54 yoshli mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!