
JCh-2022. Garet Sautgeyt: "Turnirga aloqasi bo‘lmagan juda ko‘p halal beruvchi narsalar sodir bo‘lmoqda"
Qatar yashil maydonlari mezbonlik qilayotgan mundial 2-turidagi Angliya - AQSh o‘yinida 0:0 natijasi qayd etildi.
Mazkur bellashuvdan so‘ng "uch sherlar" ustozi Garet Sautgeyt o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Meni eshiting, turnirga aloqasi bo‘lmagan juda ko‘p halal beruvchi narsalar sodir bo‘lmoqda. Ammo biz boshlagan ishimizni yakunlab qo‘yishimiz lozim, ozgina qoldi. Guruh bosqichini peshqadam sifatida tugatishga harakat qilamiz, bu bizning maqsadimiz",-dedi u.
Eslatib o‘tamiz, inglizlar 3-tur uchrashuvini Uelsga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar