"JCh-2026”. Marokash 2-turda Shotlandiyani minimal hisobda yengdi
Jahon chempionati "C" guruhining 2-turidan o‘rin olgan ilk bellashuv o‘z nihoyasiga yetdi.
Marokash terma jamoasi Shotlandiya bilan kuch sinashib, minimal 1:0 hisobida zafar quchishga muvaffaq bo‘ldi.
To‘qnashuvdagi yagona golga yana Saibari mualliflik qildi. "Bavariya"ning yangi o‘yinchisi bahsning 2-daqiqasidayoq hisobni ochishga erishgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu o‘yindan so‘ng Marokash terma jamoasi 4 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda. Shotlandiya esa 3 ochko bilan 2-o‘rinni egalladi.
- Xalqaro - Jahon chempionati
- Guruh bosqichi
Shotlandiya
Tugadi
0
:
1
20.06.2026 03:00
Marokash
- Ismael Saibari 2'

Fikrlar