"JCh-2026": Norvegiya Osiyo qit’asi vakilini qiyinchiliksiz mag‘lub etdi

  • 17.06.2026 05:05
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qilayotgan 2026 yildgi Jahon chempionatining guruh bosqich bahslari davom etmoqda. “I” guruhining 1-turidan o‘rin olgan uchrashuvda Norvegiya va Iroq terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Qiziqarli kechgan bahsda skandinaviyaliklar 3:1 hisobida g‘alaba qo‘zondi.

Hisob 23-daqiqada Erling Xoland tomonidan ochildi. Ammo 39-daqiqada Aymen Husayn muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Biroq birinchi bo‘lim oxirida “Paxtakor” himoyachisi Zayd Tahsinning xatosidan unumli foydalangan Xoland o‘zining ikkinchi golini urdi.

Ikkinchi bo‘limda esa Leo Estigor ham o‘z nomini tabloda yozdirib qo‘ydi. Uchrashuvga qo‘shib berilgan vaqtning 7-daqiqasida Kristian Torstvedt ham gol muallifiga aylanib, hisobni 4:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Shu tariqa, Stole Solbakken shogirdlari "JCh-2026"dagi ishtirokini yirik g‘alaba bilan boshlab, dastlabki 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

  • Xalqaro - Jahon chempionati
  • Guruh bosqichi
18600.png

Iroq

  • Aymen Hussein 39'
Tugadi
1 : 4

17.06.2026 03:00

18578.png

Norvegiya

  • Erling Haaland 29'
  • Erling Haaland 43'
  • Leo Østigård 76'
  • Aymen Hussein 90'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!