“JCh-2026”. O‘zbekistonning guruhdagi raqibi Kolumbiya yakuniy tarkibini e’lon qildi
Muhammadqodir Ruzmatov
Turnirda ishtirok etadigan terma jamoalar o‘zlarining yakuniy qaydnomalarini e’lon qilishni boshladi.
AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan Jahon chempionati boshlanishiga ham oz vaqt qolmoqda. Turnirda ishtirok etadigan terma jamoalar o‘zlarining yakuniy qaydnomalarini e’lon qilishni boshladi.
Jumladan, “K” guruhidan o‘rin olgan Kolumbiya terma jamoasi 26 nafar futbolchidan iborat ro‘yxatni ommaga ma’lum qildi. Jamoa yetakchilari Luis Dias, Xames Rodriges va boshqa futbolchilar ham qaydnomadan o‘rin oldi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi ham “K” guruhida joy olgan bo‘lib, Kolumbiya, Portugaliya va Kongo DRga qarshi maydonga tushadi.

Izohlar (0)