
"JCh-2026 saralashi". Qirg‘iz Respublikasi - O‘zbekiston uchrashuvi qaysi stadionda bo‘lib o‘tadi?
Xabaringiz bor, O‘zbekiston terma jamoasi sentyabr oyida "JCh-2026" 3-saralashi doirasida KXDR va Qirg‘iz Respublikasiga qarshi uchrashuvlar o‘tkazadi.
5 sentyabrda "Bunyodkor"da Koreya Xalq Demokratik Respublikasini qabul qiladi. Bellashuv 19:00da start oladi. Mazkur uchrashuv omanlik Ahmed al-Kaf boshchiligidagi hakamlarga ishonib topshirildi. Unga qanotlarda Abu Bakar al-Amri va Rashid al-Gaitiy yordam beradi. Qosim al-Hatmi zaxira hakami sifatida ishlasa, Abdulloh Jamoliyga VAR ishonib topshirildi.
Katanets shogirdlari 10 sentyabrda Qirg‘iz Respublikasi mehmoni bo‘ladi. Mazkur bahsning Jalolobodda o‘tkazilishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq Osiyo Konfederatsiyasining ma’lum qilishicha, bellashuv Bishkekdagi Dolen Omurzakov nomidagi "Spartak" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar