"JCh-2026" uchun Osiyo terma jamoalari qarorgohlarini tanladi
Saudiya Arabistoni milliy terma jamoasi 2026 yildgi FIFA Jahon chempionati davomida asosiy qarorgoh sifatida AQSHning Texas shtatidagi Ostin shaharini tanladi.
Shahar tanlovi keng qamrovli texnik va logistika baholash jarayonidan so‘ng amalga oshirildi. Ushbu jarayonda sport infratuzilmasi, mashg‘ulot bazalari, iqlim sharoitlari, mashq o‘tkazish uchun qulayliklar, shuningdek, terma jamoa uchrashuvlari bo‘lib o‘tadigan shaharlar yaqinlik kabi omillar inobatga olindi. Bu sayyohat va ko‘chish bilan bog‘liq vaqtni kamaytirib, kunlik tayyorgarlik samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, Osiyo qit’asidan mundialda ishtirok etuvchi Qatar ham o‘z bazasini e’lon qildi. Ular Kaliforniya shtatidagi Santa Barbara shahrida tayyorgarlik ko‘radi.
Ma’lumot uchun, turnir 2026 yil 1 iyundan 19 iyulgacha Kanada, Meksika va AQSHda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar