Jeko maxsus niqobda shug‘ullanmoqda

  • 17.10.2019 20:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Roma” klubi A Seriyaning  8-turidan o‘rin olgan “Sampdoriya”ga qarshi o‘yinga tayyorgarlikni boshlab yubordi.

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra rimliklar forvardi Edin Jeko yuz suyaklarini operatsiya qildirgani bois mashg‘ulotlarda maxsus niqobda shug‘ullangan. Aytish kerakki, shifokorlar hozircha unga maydonga tushishga ruhsat berishmayapti va shu sababli uning bo‘lajak o‘yinda ishtirok etishi so‘roq ostida.

Ma’lumot uchun, Jeko joriy mavsum “Roma” safida jami 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urishga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, “Sampdoriya” – “Roma” uchrashuvi 20 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!