
Jekoga A Seriyaning 3 ta klubi qiziqmoqda
Joriy yozgi transfer oynasida “Inter”ni tark etishi mumkinligi aytilayotgan hujumchi Edin Jekoga Italiyaning o‘zidan xaridorlar chiqmoqda.
FCInterNews.it tarqatgan xabarga ko‘ra, 36 yoshli bosniyalik futbolchiga A Seriyaning uchta klubi jiddiy qiziqib qolgan. Jumladan, Silvio Berluskoniga tegishli bo‘lgan "Montsa" Jekoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Football Italia xabariga ko‘ra esa Jekoni o‘z safida ko‘rmoqchi bo‘layotgan klublar orasida "Yuventus" va "Napoli" ham bor. Qayd etilishicha, Turin va Neapolda bosniyalik futbolchining o‘yin vaqti kam bo‘ladi, “Montsa”da esa u asosiy o‘yinchilardan biriga aylanishi mumkin.
Transfermarkt portali talqiniga ko‘ra, ayni damda Edin Jekoning transfer narxi 4 million evroni tashkil etadi. U o‘tgan mavsum “Inter” safida jami 49 ta o‘yinda maydonga tushdi va 17 ta gol urdi.
Fikrlar