“Jenoa” etakchisiga to‘rt yillik shartnoma taklif qiladi

  • 04.06.2021 00:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Mavsumni A Seriya musobaqa jadvalining o‘rtasida yakunlagan “Jenoa” rahbariyati “Marsel”dan olib kelingan niderlandiyalik yarim himoyachi Kevin Strotmanga to‘rt yillik yangi bitim taklif qilib, uni jamoa safida olib qolmoqchi.

Ma’lumotlarga qaraganda, ayni paytda tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar hal qiluvchi pallaga kirgan. Genuyaliklar  31 yoshli futbolchining maoshini ikki karra oshirishni taklif qilyapti.

Mavsum yarmidan Eldor Shomurodovning jamoadoshiga aylangan niderlandiyalik yarim himoyachi A Seriyada 18 ta uchrashuv o‘tkazib, to‘rtta golli pas oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov yakunlangan mavsumda A Seriyada sakkizta golga mualliflik qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!