
“Jenoa” Shomurodovga yordam beradigan zo‘r futbolchi transferini e’lon qildi
“Jenoa” klubi “Marsel” yarim himoyachisi Kevin Strotmanni olganini rasman e’lon qildi. Joriy mavsumda genuyaliklarga maydon markazini boshqarib, hujumchilarni to‘p bilan ta’minlaydigan mohir yarim himoyachi etishmayotgani bir necha bor tanqid qilingan edi.
Nihoyat, “Jenoa” rahbarlari bu kamchilikni bartaraf etish maqsadida, 30 yoshli Strotmanni mavsum oxirigacha ijaraga oldi.
Strotman uchun Italiya futboli yangilik emas. Mohir yarim himoyachi 2013-2018 yillar davomida “Roma” sharafini himoya qilgan. Shuningdek, u o‘z yurtida PSV, “Utrext” va “Sparta”da o‘ynagan. Niderlandiya terma jamoasida 45 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Fikrlar