Jeparov: O‘zbekiston Rossiyaga qarshi himoyaviy o‘yin ko‘rsatdi

  • 21 noyabr, 2022, 22:03
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq a’zosi, Osiyoda ikki karra yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan Server Jeparov vakillarimizning Rossiyaga qarshi o‘yini haqida fikr bildirdi.


- O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin sizga ma’qul keldimi?


- Ochig‘ini aytsam, o‘yin juda zerikarli bo‘ldi. Bu O‘zbekistonning himoyaviy taktikani tanlagani evaziga sodir bo‘ladi. Biznikilar bor e’tiborini tezkor qarshi hujumlarga qaratdi va Rossiya terma jamoasi bunday zich himoyani yorib o‘tishi qiyin bo‘ldi.


- Rossiya terma jamoasidan kimlarning o‘yinini alohida ko‘rsatgan bo‘lardingiz?


- Menga himoyadagi Jikiyaning harakatlari yoqdi. U orqa chiziqda ajoyib harakat qildi. Qolaversa, Sobolev, Zaxaryan va Kuzyaevni ham ajratib ko‘rsatgan bo‘lardim.

- Ushbu o‘yin O‘zbekiston terma jamoasiga nima berdi?


- O‘ylaymanki, jamoamiz yigitlari oldingilaridan kuchliroq futbolni his qilishdi. Vakillarimiz Rossiya termasi kabi tajribali jamoalariga qarshi ko‘p o‘ynashmaydi. O‘ylaymanki, har qanday o‘rtoqlik o‘yini biz uchun Osiyo kubogi uchun tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!