Zhеrrard “Liverpul”ning nozik nuqtasini topib berdi
“Liverpool” afsonasi Stiven Jerrard yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar “qizillar” qaysi pozitsiyani kuchaytirishi kerakligini aytdi.
Xabarlarga koʻra, “Liverpool” yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar ikki nafar hujumkor futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi. Ulardan biri PSJ hujumchisi Bradli Barkola bo‘lishi kerak.
Biroq Jerrard “Liverpool”ga tayanch yarim himoyachi ham juda zarurligini ta’kidladi. Bu ehtiyoj Premier-liganing birinchi turida “Nyukasl” bilan 2:2 hisobida durang qayd etilgan o‘yinda ham yaqqol ko‘rindi.
- Katta e’tibor qaratilmagan bir pozitsiya bor edi. Bu haqida faqat o‘tgan hafta “Nyukasl”ga qarshi o‘yindan keyin gapira boshlashdi. Menimcha, ularga 6-raqam pozitsiyasida mutaxassis futbolchi kerak.
Murabbiyning jamoa qiyofasi boʻyicha boshqa g‘oyalari boʻlishi mumkin, uning oʻz falsafasi bor. Ammo menimcha, bu jamoaga to‘pni tortib oladigan futbolchi yetishmayapti.
Markazni ushlab turadigan va Fabinyo kabi jamoa umurtqasining muhim qismiga aylanadigan futbolchi yetishmayapti.
Menimcha, ularga bunday futbolchi juda zarur. Ularda aynan shu pozitsiya boʻyicha mutaxassis yo‘q.
Bunday futbolchi himoya to‘rtligini xavfsizroq qilgan bo‘lardi va Soboslai, Gravenberx hamda Makallisterlarga hujumlarga koʻproq qo‘shilish imkonini bergan bo‘lardi.
Menimcha, ularga aynan shu pozitsiyadagi futbolchi juda yetishmayapti, - dedi Jerrard TNT Sports nashriga.

Fikrlar