Jerrard “Liverpul”ning yana bir o‘yinchisini Saudiyaga olib ketadi

  • 12 yanvar, 2024, 19:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistonining “Al-Ittifoq” jamoasi bosh murabbiyi Stiven Jerrard “Liverpul”ning yana bir o‘yinchisini olib kelmoqchi.

Tecno

Sky Sports nashrining xabar berishicha, angliyalik mutaxassis jamoa himoya chizig‘ini “qizillar” markaziy himoyachisi Jozef Gomes yordamida kuchaytirishga qaror qilgan.

Saudiyaliklar kelasi yozda liverpulliklar bilan Gomes transferi bo‘yicha muzokara o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

26 yoshli himoyachi joriy mavsumda barcha turnirlarda 22 ta o‘yinda qatnashib, o‘z vazifasini bajarishdan tashqari jamoadoshlariga bir juft golli pas uzatdi.

Jozef Gomesning Yurgen Klopp jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha davom etadi. Jerrard esa, “Al-Ittifoq”ni 2025 yilning yarmigacha boshqarishi belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!