Jeyk Pol: "Mayk, agar buni qilolsangiz, sizga 5 million dollar beraman"
Ahmadbek Eshmatov
Bokschi bloger Mayk Taysonga noodatiy taklif bilan chiqdi.
Mashxur bloger va bokschi Jeyk Pol o‘zining navbatdagi raqibi, afsonaviy Mayk Taysonga noodatiy taklif bilan chiqdi.
"Mayk, agar men bilan jangda 5-raundgacha etib bora olsangiz, sizga qo‘shimcha 5 million dollar beraman ! Lekin bunday qilolmasangiz, "Men Jeyk Polni yaxshi ko‘raman" degan tatuirovkani badaningizga chizdirasiz", - deya Polning so‘zlarini keltirdi "USA Today" nashri .
Eslatib o‘tamiz, Jeyk Pol (10-1, 7 KO) va Mayk Tayson (50-6, 44 KO) o‘rtasidagi bahs 15 noyabrga belgilangan.


Izohlar (0)